Bugun, 15-iyun kuni M.Ulugʻbek tumani “Oliy Himmat” MFYda joylashgan uylarning birida qurilish maqsadida qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda uyning bir qismi buzilib ketgan va qulagan devor ostida 2 yoshli qizaloq qolib ketgan.
Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, qizaloqni olib chiqishgan va zarauriy tibbiy yordam uchun shifokorlarga topshirishgan.
Hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi. Hodisa oqibatida halok boʻlganlar yoʻq.