Toshkentda radar oʻrnatish uchun yana 70ga yaqin hudud sotildi

    Raqamlashtirish 13 Yanvar 2022 995

    Shu yilning 7-yanvar kuni Toshkent shahridagi elektron auksionda radar va kameralar oʻrnatishga moʻljallangan 69 ta hudud sotildi.

    Bu haqda E-auksion maʼlumotlaridan kelib chiqib Spot xabar berdi.

    Hududlarning umumiy boshlangʻich narxi 306,45 mlnni tashkil etgan boʻlsa-da, savdodan tushgan jami tushum 20,99 mlrd soʻmga yetdi. Auksion davomida narxlarning umumiy qiymati 68,5 barobarga oshdi.

    Deyarli barcha nuqtalarni uchta xaridor sotib oldi: bitta jismoniy shaxs va ikkita kompaniya — Microyol va 64-BIT. Deyarli barcha savdolar 10−11 soat davom etdi, chunki ishtirokchilar doimiy ravishda stavkalarni oshirib bordilar.

    Eng koʻp lotni 64-BIT xarid qildi (43), ilgari ham u radarlar uchun maydonlarni ommaviy ravishda sotib olgandi. Microyol esa 7 ta hududni sotib olgan boʻlsa, jismoniy shaxs 19 ta uchastka xarid qildi.

    Eng qimmat obyekt — Bogʻishamol koʻchasi boʻylab hayvonot bogʻi yonidagi hudud, u 750,06 mln soʻmga sotildi, bu boshlangʻich bahodan 277,8 baravar qimmat deganidir. Buning uchun taklif 12 soat 35 daqiqa davom etdi.

    Tadbirkorlarga joriy yilning 1-martidan boshlab yoʻllarga kameralar va radarlar oʻrnatishga ruxsat berildi. Yer uchastkalari onlayn auksionlar orqali taqdim etiladi.

    Auksion gʻoliblari uchastkalarni boshqa tadbirkorlarga oʻtkazish huquqi bilan cheklanmagan muddatga oladi. 2021−2022-yillarda shu tarzda 3356 ta videokamera va 763 ta radar oʻrnatish rejalashtirilgan.