Toshkentda “Range Rover Autobiography” olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Toshkent shahar IIBB tomonidan firibgarlarning aldovlariga ishonib qolmaslikni, ogʻzaki kelishuvlarni notarial tasdiqlamasdan turib pul oʻtkazishga shoshilmaslik kerakligi toʻgʻrisida koʻp bora ogohlantiriladi. Lekin shunga qaramay, ayrim fuqarolar quruq vaʼdalarga ishonib, oxir-oqibat firibgarlar qurboniga aylanishmoqda.

    Maʼlumotlarga koʻra, Yashnobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga koʻra, 2023-yil 6-oktyabr kuni 32 yoshli Mirvali N. 42 yoshli Zuxritdin N.ning ishonchiga kirib, unga “Range Rover Autobiography” rusumli avtomobilni olib berishini vaʼda qilib, 255 ming AQSH dollari pullarni olib, oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

    Hurmatli fuqarolar! avtomobillarni sotib olish yoki sotishda firibgarlik tuzogʻidan ehtiyot boʻling! Oldi-sotdi shartnomalarini faqat notarial tartibda rasmiylashtiring , — deyiladi xabarda.