Toshkentda retro avtomobillar marshi bo‘lib o‘tadi

    Harbiy 4 May 2021 1076

    9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan keng miqyosdagi va ommabop bayram tadbirlari tashkil etilmoqda, deya xabar bermoqfa Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

    Jumladan, 4–7 may kunlari Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab urush davriga oid retro mashinalar marshi hamda aholi gavjum joylarida ularning to‘xtashi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari namoyish etiladi. Retro mashinalar marshining to‘xtashi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:

    4 may – soat 14.00 – 17.00 da – Mudofaa vazirligi – 22 harbiy shaharcha – Mirzo Ulug‘bek bog‘i – Hamid Olimjon mavzei – Dinamo stadioni – Irrigatsiya instituti – Bodomzor chorrahasi – “G‘alaba bog‘i” – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: Mirzo Ulug‘bek bog‘i va “G‘alaba bog‘i”;

    5 may – soat 10.00 – 15.00 da – Mudofaa vazirligi – Qurolli Kuchlar akademiyasi – Toshkent Shimoliy vokzali – Sirg‘ali bozori – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: Toshkent Shimoliy vokzali, Sirg‘ali bozori va “Ashxobod” bog‘i;

    6 may – soat 14.00 – 19.00 da – Mudofaa vazirligi – “EKO” bozori – Ahmad Donish ko‘chasi, Megaplaneta – Yunusobod ko‘chasi Korzinka savdo markazi – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: “EKO” bozori, Megaplaneta va Korzinka savdo markazi;

    7 may – soat 10.00 – 17.00 da – Mudofaa vazirligi – “Toshkent siti" – Xalqlar do‘stligi san’at saroyi – Chilonzor dehqon bozori – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: "Toshkent siti", Xalqlar do‘stligi san’at saroyi va Chilonzor dehqon bozori.