Toshkentda Rossiya fuqarosi yuqori qavatdan o'zini tashladi

    Tashvishli xabar 13 Mart 2023 1521

    Bosh prokuratura bergan ma'lumotga ko'ra, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Andrey Sh. ettinchi qavatda joylashgan xonadondan o'zini pastga tashlab, vafot etgan.

    13 mart kuni soat 18.30 da 1995 yilda tug'ilgan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Andrey Sh. Mirobod tumani, Buyuk Turon ko'chasi, 75-uyning ettinchi qavatida joylashgan xonadondan o'zini pastga tashlab, vafot etgan.

    Tekshirish doirasida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

    Shuningdek, sodir bo'lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.