Toshkentda Rossiyaning savdo va mahsulot tarqatish uyi ochildi

    Biznes 26 Oktabr 2020 1861

    Toshkentda Rossiya savdo va mahsulot tarqatish uyi loyihasi ishga tushirildi.

    Mazkur obyektning umumiy maydoni 12 gektarni tashkil etadi. Savdo majmuasi hududida 40 ming kvadrat metrli ochiq va yopiq omborxonalar, shuningdek, bojxona hamda umumiy maydoni 4 ming kvadrat metrdan ziyod mahsulotlarni saqlash omborxonalari, konteynerlar, jumladan, dengiz konteynerlarini qabul qilish uchun maxsus yuk ortish va tushirish maydonchalari qurilgan. Majmua hududida mahsulotlarni shu yerning oʻzidan temir yoʻl poyezdlarida tashish imkoniyati yaratilgan.

    2020-2021-yillarda ming kvadrat metr maydonga ega yirik hajmdagi texnika va uskunalar uchun ochiq koʻrgazma maydonchasi va 1,5 ming kvadrat metr maydonda ochiq bojxona hududini tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2021-2023-yillarda mahsulot tarqatish markazida 3,5 ming kvadrat metr maydonga ega boʻlgan oziq-ovqat va farmatsevtika mahsulotlarini saqlash uchun past haroratli omborxonalar quriladi.

    Kelgusi yilda esa mahsulotlarni sotish boʻyicha onlayn platforma ishga tushirilib, mamlakatimizning yirik aholi yashash joylarida mahsulotni xaridorga tezkor yetkazib berish tarmogʻi va buyurtmalar berish markazlarini yaratish rejalashtirilgan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.