Bu to'g'risida O'zbekiston prezidentining tegishli qaror loyihasi muhokamaga qo'yilgan. 

Filial kadrlarga bo'lgan ehtiyojni hisobga olgan holda ta'limning kelishilgan asosiy yo'nalishlari (mutaxassisliklari) bo'yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi.

Filialda ta'lim Rossiya qonunchiligiga muvofiq, Sankt-Peterburg davlat universiteti tomonidan tasdiqlangan o'quv reja va dasturlari asosida belgilangan ta'lim standartlariga mos ravishda rus tilida olib boriladi.

Bitiruvchilarga O'zbekistonning oliy ta'lim to'g'risidagi hujjati sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi Universitet diplomi beriladi.

YAngi universitet bu yil birinchi talabalarni qabul qilishni rejalashtirilmoqda.

Hujjat  Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.