Kecha Toshkentdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida aql gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun II xalqaro turnir boshlandi.
2-bor tashkil etilayotgan mazkur musobaqa “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommalashtirish hamda shaxmatchilar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilmoqda, deya xabar beradi Sportni rivojlantirish vazirligi axborot xizmati.
Xalqaro turnir bugun start oldi va turnir nizomiga koʻra ishtirokchilar 8-9-10-sentyabr kunlari 2 tadan tur uchrashuvlarini oʻtkazishadi.
13-sentyabr kuni soʻnggi tur boʻlib oʻtadi. Turnir shveysarcha tizim boʻyicha ikki bosqichda – guruh bosqichi yarim final (onlayn tarzda) va final (9-tur, oflayn), shuningdek, asosiy bosqich (10-tur) boʻyicha oʻtkaziladi.
Qayd etish lozim, “Prezident kubogi” 2-xalqaro turnirida dunyoning 16 ta mamlakatidan xalqaro grossmeysterlar, xalqaro shaxmat ustalari, shuningdek, sport ustaligiga nomzodlar gʻoliblik uchun dona surishi turnirning murosasiz va qiziqarli oʻtishini taʼminlaydi.
Kecha musobaqaning qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtgan edi.
Gʻoliblik uchun asosiy daʼvogarlar sifatida eʼtirof etilayotgan yurtdoshlarimizning 1-turdagi raqiblari bilan quyida tanishib olishingiz mumkin:
Dubarbayli Vasif – Nilufar Yoqubboyeva;
Rahul V S – Javohir Sindarov;
Nodirbek Yoqubboyev – Humoyun Bekmurodov;
Manish Anto Krishtiano F – Jahongir Vohidov;
Shamsiddin Vohidov – Mehdi Hasan Parag.