Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar mintaqalari rahbarlarining forumi boshlandi

    Xalqaro hamkorlik 3 Avgust 2022 1610

    Bugun ertalab Toshkentda Oʻzbekiston tomoni raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) aʼzo davlatlari hududlari rahbarlarining gibrid formatdagi forumi boshlandi.

    Forum ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va SHHT Bosh kotibi Chjan Min qutlovlari bilan murojaat qildilar.

    Ikki kun davomida tadbir ishtirokchilari tashkilotga aʼzo mamlakatlar eʼtiborini turizm, madaniyat va qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirishga jalb etish yuzasidan oʻzaro fikr almashadilar.

    Anjuman dasturiga koʻra, uchta shoʻba sessiyalari, shuningdek, tashkilot mamlakatlari ishbilarmon doiralarining vakillari bilan biznes-forum oʻtkaziladi.

    Taʼkidlash joizki, mintaqa rahbarlari forumi mintaqa davlatlariga mintaqani yanada rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini birgalikda va har tomonlama koʻrib chiqish imkonini beruvchi muloqot maydonchasi vazifasini oʻtaydi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.