Toshkentda Spark ikki nafar piyodani urib ketdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Spark rusumli avtomobil piyodalarni urib ketgani boʻyicha xabarlar tarqaldi.

    Hodisa boʻyicha Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati maʼlumot berdi.

    Shu yilning 04-iyul kuni tungi soat 22:30 lar atrofida Yunusobod tumani Yuqori Qoraqamish koʻchasida haydovchi 1995-yilda tugʻilgan B.Х. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 2 nafar piyodalarni urib yubordi.

    Hodisa oqibatida piyodalar turli darajada jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

    Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Holat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.