Toshkentda "Spark" piyodani urib yubordi

    Toshkent shahrining Yunusobod tumanida "Spark" yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan piyodani urib yubordi.

    Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

    Shu yilning 19-iyul kuni kech soat 20:30 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish koʻchasi 1-uy qarshisida 2004-yilda tugʻilgan (erkak) D.R. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda 1960-yilda tugʻilgan (ayol) G.Sh.ni urib yubordi.

    Hodisa oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan.

    Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom etmoqda.