Toshkentda tadbirkorlarni chuv tushirgan firibgar ushlandi

    Toshkent shahrining Uchtepa tumanida tadbirkorlarga imtiyozli kredit olib berish evaziga ulardan pul olgan firibgar tegishli tartibda qoʻlga olindi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar A.A., Sh.P. va D.S. (muqaddam sudlangan) “I.G.“ MCHJ taʼsischisi A.Sh.ning ishonchiga kirib, unga hududiy tijorat banki filialidan 3 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratib berishlarini aytib, evaziga 2 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida 200 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

    Hozirda, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.