"17 mart kuni soat 21.00 atrofida “Chevrolet Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi transport vositasini Chilonzor tumanida boshqarib borayotgan vaqtida uning ichidagi ayol mashina salonidan tana qismini chiqarib harakatlangan", deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 138-moddasi 4-qismi ("Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo'lovchi tomonidan tana qismlarini (qo'ldan tashqari) salondan chiqarish") bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ular bilan profilaktik suhbat o'tkazildi.