Toshkent shahar MMTB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu holat shu yilning 21-fevral kuni Yunusobod tumanidagi “First Daycare“ xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, tarbiyachi S.A. va uning yordamchisi X.M. tarbiyalanuvchilardan birini ovqat yemagani uchun stulga skotchlab qoʻygani aniqlanganib, tashkilot maʼmuriyati tarbiyachi S.A., tarbiyachi yordamchisi X.M. lar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilgan va ular ishdan boʻshatilgan.
Ayni paytda yuqoridagi holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv-oʻrganish ishlari olib borilmoqda.