Qayd etilishicha, shu yilning 17-aprel kuni soat 23:51 da Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani, Yalangʻoch mavzesida, elektromobil yonayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Kelib tushgan xabarga asosan yongʻin-qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga yetib borgan va yongʻin soat 23:59 da batamom oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.