Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrining Sergeli tumanida erkak 10 yoshli farzandini koʻchaga tilanchilik uchun chiqarib, kuzatib turgan. Shu vaqtda u IIO xodimlari tomonidan qoʻlga olinib, ichki ishlar boʻlimiga olib ketilgan.
Ushbu shaxs Jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tuman sudi tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 188−3-moddasi 2-qismi (Voyaga yetmagan shaxslarni tilanchilikka jalb etish) va 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybli deb topib, 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi va bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari (340 ming soʻm) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.