Metropoliten ma’muriyatining xabar qilishicha, voqea Chilonzor metro bekatida yuz bergan. Platformadagi yo‘lovchilardan birining tobi qochib, metro yo‘liga yiqilib tushgan.
Bekatda faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan tezkor ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida, yo‘lovchi hech qanday tan jarohatlarsiz xavfsiz tarzda platformaga olib chiqilgan hamda unga birinchi yordam ko‘rsatilgan.