Toshkentda ayrim avtobuslar yo‘nalishi o‘zgardi

    Toshkent shahrida 28-fevraldan boshlab bir qator avtobus yo‘nalishlari oraliq harakatlari o‘zgartiriladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, bu yoʼnalishlar tarmogʼini maqbullashtirish, yoʼlovchilarga koʼrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Xususan:

    32-sonli (“4-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan) Sergeli 6-a mavzesi–Gulobod koʼchasi avtobus yoʼnalishining oraliq harakati Furqat–Аlisher Navoiy koʼchalari kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali;

    56-sonli (“7-avtobus saroyi”) Chorsu savdo markazi–“Tariqteshar” mahallasi yoʼnalishining oraliq harakati Islom Karimov–Furqat koʼchalari kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali;

    84-sonli (“4-avtobus saroyi”) Obod turmush–Gulobod koʼchasi yoʼnalishining oraliq harakati Novza–Bunyodkor va Furqat–Аlisher Navoiy koʼchalari kesishmalarida tashkil etilgan yangi chorrahalar orqali;

    112-sonli (“12-avtobus saroyi”) Olchazor mahallasi–Food city savdo majmuasi avtobus yoʼnalishining oraliq harakati Qipchoq koʼchasidan Tursunzoda, Shokirariq koʼchalari orqali etib belgilandi.