Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimida transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriev ishtirok etdi.
Dunyoning 14 mamlakatidan 70 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etayotgan ushbu xalqaro ko‘rgazma yana bir bor transport sohasining temir yo‘l, dengiz, aviatsiya, tijorat transporti va transport-logistika xizmatlari kabi sohalarini birlashtirgan samarali maydonga aylandi.
Transport sanoatining yetakchi kompaniyalarini bir maydonda jamlagan ko‘rgazma ekspozitsiyasida transport va logistika sohasining so‘nggi yutuqlari va takliflari, shuningdek, logistika operatsiyalarini soddalashtiradigan va avtomatlashtiradigan raqamli va IT yechimlari namoyish etilyapti.
Tadbir «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazma majmuasida 5-7-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.