Toshkentda “Tungi velosayr” festivali oʻtkaziladi

    Turizm 22 Sentabr 2021 887

    Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan sayr bugun soat 20:00 da Mahtumquli va Mirzo Ulugʻbek koʻchalari kesishmasidan boshlanib, “Yangi Oʻzbekiston” bogʻigacha davom etadi.

    Bu haqda Shahar hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Velosayr paytida avtomobillar qatnovi toʻliq toʻxtatilmaydi.

    Ushbu tadbirda barcha velosport ishqibozlari — professionallar va havaskorlar ishtirok etishi mumkin.