Toshkentda Turkiya OTM filiali ochiladi

    Ta'lim 27 Iyul 2020 8890

    Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universitetining Toshkent filiali shu yilning sentyabr oyida oʻz eshiklarini ochadi.

    2020-yil 27-iyulda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasida videokonferensiya shaklida Turkiya iqtisodiyot va texnologiya Universitetining Toshkent filialiga talabalarni qabul qilish masalasi boʻyicha matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda Oʻzbekiston tomonidan: Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Raisi A.Ikromov, Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi A.Agzamxoʻjayev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.Majidov, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U. Tashkenbayev va TDIU rektori K. Sharipov qatnashdilar.

    Turkiya tomonidan Turkiya savdo palatalari va birjalar ittifoqi Prezidenti Rifat Xisardjiklioglu, Turkiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mexmet Surayya, SSP Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Adem Kula, “TOBB” Turkiya savdo palatalari va birjalar ittifoqi qoshidagi “TOBB” Turkiya iqtisodiyot va texnologiya universiteti rektori, shuningdek, qoʻshma oʻzbek-turk CSP raisi Osman Sahman ishtirok etdilar.

    2020-yil 17-iyunda Vazirlar Mahkamasining 389-sonli qarori bilan “Toshkentda Turkiya iqtisodiyot va texnologiya TOBB ETU Universitetining filialini ochish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

    Universitet filiali poytaxtda joylashgan boʻlib, dual taʼlim tizimiga asoslangan biznes va tadbirkorlik yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Taʼlim uch trimestrga boʻlinadi. Talabalar oʻqish davomida turli mamlakatlarda amaliyot oʻtash, dunyoning yetakchi kompaniyalari, shuningdek Turkiyadagi taniqli tadbirkorlarning faoliyati bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatga ega boʻladilar.

    Universitet faoliyatining oʻziga xosligi oʻquv rejalarining DUAL taʼlimga asoslangan uch semestrlik oʻquv jarayoni hisoblanib, taʼlim oluvchilarga 2 semestr davomida nazariy bilimlar bilan bir qatorda 3chi semestrda amaliy koʻnikmalar shakllanishi muvozanatlashtirilgan. Universitetning ushbu xususiyati uning Turkiya taʼlim tizimida alohida oʻrin tutishini taʼminlagan.

    Talabalar Turkiyaga sayohat qilish uchun ajoyib imkoniyatni qoʻlga kiritadilar. Uchinchi trimestrda ular Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va taniqli tadbirkorlarning faoliyati bilan tanishadilar, shuningdek, elektrotexnika sohasidagi yirik korxonalarda, Turkiyadagi toʻqimachilik va meva-sabzavot klasterlarida amaliyot oʻtaydilar. Amaliy mashgʻulotlar davomida barcha talabalar oziq-ovqat va turar joy bilan taʼminlanadilar.

    Shuningdek, iqtidorli va kam taʼminlangan talabalar uchun Turkiya savdo palatalari va birjalar ittifoqi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan beriladigan bir qator imtiyoz va afzalliklarni taʼkidlash joiz.

    Ushbu universitet talabalari uchun darslari ingliz tilida olib boriladi. Shuningdek, ular qoʻshimcha: turk, fransuz, nemis va xitoy tillarini oʻrganadilar.

    Oʻqish qiymati $ 4 000 (oʻquv yilining 3 trimestrida talabalar Turkiya davlatiga yuboriladi) tashkil etadi. Birinchi kurslar uchun grantlar mavjudligini xam taʼkidlash joiz. Qolaversa, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan iqtidorli talabalarga $ 750 miqdorida pul mablagʻ ajratadi va shu orqali oʻqish puli $ 3 250 ni tashkil etadi.

    Filial oʻz faoliyatini 14-sentyabrda ikkita taʼlim yoʻnalishi boʻyicha boshlaydi:

    • Elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish;
    • Xalqaro biznes va tadbirkorlik.

    2020-2021 oʻquv yilida oʻqish istagida boʻlgan abituriyentlar havolada keltirilgan ariza shaklini toʻldirish orqali murojaat etishlari mumkin: http://cc.uz/16613

    Kirish imtihoni 2020-yilning 15-avgust sanasida boʻlib oʻtadi.

    Maʼlumotlarda koronavirus pandemiyasining hozirgi holatini hisobga olgan holda baʼzi oʻzgarishlar boʻlishi mumkin, deb xabar beradi SSP matbuot xizmati.