Toshkentda uy-joy ijara narxlari qimmatladi. Nega?

    Dollar kursining pasayishi va yangi oʻquv yilining boshlanishi uy-joylar uchun ijara narxlariga taʼsir qildi.

    Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2025-yilning sentyabr oyidagi Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlilida maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, AQSH dollarining soʻmga nisbatan qadrsizlanishi uy-joylar uchun ijara narxlarining dollardagi qiymati oshishiga olib keldi. Natijada AQSH dollari hisobida ijara narxlari avgust oyidagiga nisbatan koʻtarildi.

    Shuningdek, yangi oʻquv yili boshlanishi bilan ijaraga beruvchilarning ijara narxlari oshishi boʻyicha kutilmalari taklif etilayotgan narx-navoga taʼsir qilgan boʻlishi mumkin.

    Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar ijarasi.

    Mazkur davrda oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun taklif qilingan oʻrtacha ijara narxlari avgust oyidagiga nisbatan quyidagicha koʻtarilgan.

    • 1 xonali: 16 AQSH dollari ($318 dan $334 ga);
    • 2 xonali: 18 AQSH dollari ($394 dan $412 ga);
    • 3 xonali: 25 AQSH dollari ($477 dan $502 ga);
    • 4 xonali: 19 AQSH dollari ($537 dan $556 ga);

    Nisbatan arzon ijara narxlari:

    • Sergeli tumani (1 xonali — $293, 2 xonali – $365, 3 xonali – $412, 4 xonali — $474);
    • Uchtepa tumani (1 xonali – $316, 2 xonali – $381, 3 xonali – $432, 4 xonali – $400).
    • Nisbatan qimmat ijara narxlari:
    • Shayxontohur tumani (1 xonali – $354, 2 xonali – $472, 3 xonali – $604, 4 xonali – $617);
    • Yakkasaroy tumani (1 xonali – $402, 2 xonali – $506, 3 xonali – $660, 4 xonali – $800).

    Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi.

    Mazkur davrda toʻliq taʼmirlangan xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxlari quyidagicha qimmatladi.

    • 1 xonali: $22 ($413 dan $435 ga);
    • 2 xonali: $34 ($580 dan $614 ga);
    • 3 xonali: $50 ($824 dan $874 ga);
    • 4 xonali: $16 ($1185 dan $1201 ga);

    Nisbatan arzon ijara narxlari:

    • Sergeli tumani (1 xonali – $318, 2 xonali – $419, 3 xonali – $497, 4 xonali – $588);
    • Uchtepa tumani (1 xonali – $355, 2 xonali – $464, 3 xonali – $535, 4 xonali – $550).

    Nisbatan qimmat ijara narxlari:

    • Mirobod tumani (1 xonali – $479, 2 xonali – $762, 3 xonali – $1075, 4 xonali – $1462);
    • Shayxontohur tumani (1 xonali – $535, 2 xonali – $746, 3 xonali – $1094, 4 xonali – $1369).

    Ijara narxlari platformalardan veb-skreping orqali olingan ochiq maʼlumotlar asosida tahlil qilindi.

    Bunda 2025-yilning sentyabr oyi uchun 28,2 mingta va avgust oyi uchun 31,6 mingta maʼlumotdan foydalanildi.

    Har ikkala davr uchun tahlillar narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirildi.