Toshkentda vagon taʼmirlash deposi yonib ketdi

    Shu 16-mayga oʻtar kechasi Toshkent shahrida joylashgan vagon taʼmirlash deposida yongʻin chiqdi.

    Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, kecha soat 23:58 da Toshkent shahar Mirobod tumani Turkiston koʻchasida joylashgan vagon taʼmirlash deposida yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida FVB ga xabar tushgan. Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 00:03 da yongʻin joyiga yetib borib, u soat 01:31 da qurshab olingan.

    Bildirilishicha, yongʻin soat 02:48 da bartaraf etilgan. Voqea joyiga Toshkent shahar va tuman FVB rahbar xodimlari ham yetib borgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar haqida xabar tushmagan.