Ushbu xalqaro konferensiya Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining 25 yilligi, BMT Inson huquqlari boʻyicha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi qabul qilinganining 10 yilligi hamda Xalqaro inson huquqlari kuniga bagʻishlanadi.

Tadbir doirasida Oʻzbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda katta hissa qoʻshgan fuqarolar va tashkilotlarga “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni tantanali tarzda topshiriladi.

Shuningdek, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etilganligining 25 yilligi, BMTning Inson huquqlari sohasida taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi qabul qilinganining 10 yilligi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Milliy markaz tomonidan eʼlon qilingan “Raqamli avlod. COVID-19 pandemiyasi davrida inson huquqlari boʻyicha taʼlim” respublika tanlovi yakunlanadi. Tanlov gʻoliblari eʼlon qilinadi va taqdirlanadi.

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati.