Mazkur holat yuzasidan Toshken shahar IIBB maʼlum qilishicha, joriy yilning 28-yanvar kuni soat taxminan 18.00 larda nomaʼlum shaxs Yangihayot tumani, “Tashabbus” mahallasi hududidagi doʻkonlarning biri oldida oʻrnatilgan ehson qutisini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan fuqaro D.I. aniqlanib, qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.