«North-Western Cargo International Airlines» (NWCIA) aviakompaniyasining Boeing 757-200 havo kemasi mahalliy vaqt bilan soat 10:07 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, havo kemasi suv arkasi bilan kutib olindi.
Sian — Toshkent — Sian yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar yuk ko‘tarish quvvati 25 tonnagacha bo‘lgan Boeing 757-200 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda parvozlar haftasiga bir marta amalga oshiriladi, keyinchalik parvozlar soni haftasiga uch martaga yetkaziladi, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.