Xitoyning “Comac” ishlab chiqaruvchisining ARJ21-700 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 17:02 da Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi. Anʼanaga koʻra, samolyot suv arkasi bilan kutib olindi, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.
Avvalroq “YTO Cargo Airlines” aviakompaniyasi Boeing 757 samolyotlarida Toshkentga yuk charter reyslarini amalga oshirgan edi.
“YTO Cargo Airlines” Xitoyning yuk tashuvchi aviakompaniyasi boʻlib, bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan.