Qayd etilishicha, avtobuslar uchun ajratilgan alohida yoʻlaklar joriy etilishi natijasida mazkur koʻcha boʻylab harakatlanuvchi avtobuslarning tasarruf tezligi 18 km/soatdan 24 km/soatgacha koʻtarilib, 29% ga yaxshilandi.
Natijada ushbu yoʻlaklar orqali harakatlanayotgan avtobuslar xizmatidan kunlik foydalanuvchi 600 mingdan ortiq yoʻlovchilarning har kuni 100 ming soat vaqti tejalishiga erishilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida: Hozirda Toshkent koʻchalarida 53 km uzunlikdagi avtobus yoʻlaklari tashkil etilgan.