Maʼlum qilinishicha, hodisa shu yilning 14-dekabr kuni soat 09:15 larda Uchtepa tumani “Oʻrikzor” mahallasi Zarafshon koʻchasida sodir boʻlgan.
Yutong rusumli 53-sonli yoʻnalishda harakatlanayotgan haydovchi A.A. (staji 7 yil) boshqaruvidagi elektrobus harakatlanib borayotgan vaqtda yoʻldagi muzlama sababli boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetidagi stolbaga borib urilgan.
“Mazkur YTH natijasida, tan jarohati olganlar yoʻq. Elektrobus texnik shikastlangan. Hozirda ushbu yoʻl-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi rasmiy maʼlumotda.