Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi Xalqaro munosabatlar instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda ikki mamlakatning qator davlat muassasalari va tahlil tuzilmalari mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Anjumanda oʻzbek-turkman hamkorligining bugungi holati, mamlakatlarimiz strategik sherikligini yanada mustahkamlash imkoniyati, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari doirasidagi hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilinadi.