Toshkentda yangi ekspress avtobus harakati yo‘lga qo‘yildi

    Bugun, 23-noyabrdan boshlab Poytaxtimizda yangi ekspress avtobus harakati tashkil etildi. Bu haqda poytaxt Transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, avtobus yo‘nalishi Y-1-sonli hisoblanib, u TTZ— "Mashinasozlar" metro bekati yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlarni amalga oshiradi.

    Avtobus yo‘nalishi TTZdan Yuzrabot, Gulsanam, Buyuk Ipak Yo‘li, Mirzo Ulug‘bek, Taraqqiyot 2-tor ko‘chalari orqali Mashinasozlar metrosiga qadar harakatlanadi.

    To‘xtash bekatlari — TTZ bozori, Buyuk Ipak yo‘li metrosi, Shifokorlar malakasini oshirish instituti, Ashxobod bog‘i.