Qayd etilishicha shu yilning 22-may kuni soat 12:43 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Ohangaron shoh koʻchasidagi qurilish obyektida yongʻin roʻy berganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Kelib tushgan xabarga asosan yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 12:52 da yongʻin joyiga yetib borgan va yongʻin 13:19 da oʻrab olinib, 13:43 da batamom oʻchirilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida yangi qurilayotgan baland qavatli uyning 11-qavatida taxminan 200 kv.m maydonda qurilish yogʻoch qoliplari yongan.
Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.









