Toshkent shahar FVBning xabar berishicha, shu yilning 26-fevral kuni soat 02:18 da Toshkent shahar, Chilonzor tumani “Tirsakobod“ MFY hududida joylashgan, qurilish olib borilayotgan binoda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar tushgan.
Kelib tushgan xabarga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 02:21 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 02:46 da qurshab olingan va yongʻin soat 02:54 da batamom oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.