Toshkentda yangi tugʻilgan chaqaloq koʻchaga tashlab ketildi

    Ijtimoiy hayot 18 Yanvar 2025 1126

    Toshkent shahrining Yangihayot tumanida chaqaloq sumkaga solingan holda koʻchaga tashlab ketildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.

    “Millar” dasturida xabar qilinishicha, shu yilning 15-yanvar kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida tonggi soat 7:30 da bozor xalta ichiga solingan chaqaloq chaqaloq topib olingan.

    Maʼlumotlarga koʻra, koʻp qavatli uyda yashovchi fuqaro chaqaloqni topib olgach darhol tez yordam hamda ichki ishlar xodimlariga qoʻngʻiroq qilgan.

    Profilaktika inspektorlarining tezkor harakatlari tufayli bolaning hayoti saqlab qolingan.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.