Ertalabki soatlarda “Yashil to‘lqin” shahar markazi tomon, kechki vaqtda esa qarama-qarshi yo‘nalishda ishlaydi.
Svetoforlar faoliyatining sinxronlashtirilishi natijasida ushbu yo‘l qismidan o‘tish vaqti sezilarli darajada qisqardi.
Jumladan, “To‘ra Buva” masjididan Salom ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishda o‘rtacha harakatlanish vaqti 8,5 daqiqadan 6 daqiqagacha, ya’ni 29 foizga qisqardi.
Qarama-qarshi yo‘nalishda — Salom ko‘chasidan “To‘ra Buva” masjidigacha — harakatlanish vaqti 10 daqiqadan 8 daqiqagacha, ya’ni 20 foizga kamaydi.
“Yashil to‘lqin” tizimining samarali ishlashi uchun haydovchilardan Yo‘l harakati qoidalari va belgilangan tezlik me’yorlariga rioya etish talab etiladi.
Mazkur yo‘l qismida soatiga 40–60 kilometr tezlikda harakatlanganda chorrahalardan svetoforning qizil chirog‘ida deyarli to‘xtamasdan o‘tish mumkin.
Ayni paytda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari aqlli svetoforlar o‘rnatilgan Toshkent shahrining boshqa ko‘chalarida ham “Yashil to‘lqin” tizimini joriy etish bo‘yicha hisob-kitob va loyihalash ishlarini olib bormoqda.