баннер
18 Mar 2025
10:15

    Toshkentda yoʻlovchilardan yoʻlkira uchun naqd pul talab qilgan haydovchi ishdan boʻshatildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda “2 Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi avtobus haydovchisi avtobus salonining chiroqlarini oʻchirgan holda yoʻlovchilardan yoʻl haqi uchun naqd pul talab qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

    “Toshshahartransxizmat“ AJning maʼlum qilishicha, tarqalgan xabarlardagi holat shu yilning 14-mart kuni, “Toshshahartransxizmat“ AJning “2-Avtobus saroyi“ filiali masʼul xodimlari tomonidan avtobus saloniga oʻrnatilgan videokuzatuv moslamalari tekshirilganda yuqorida keltirilgan holat haqiqatda sodir boʻlgani aniqlangan.

    Ushbu holat yuzasidan “2-Avtobus saroyi“ filiali direktori J.L.Mannopov, filial masʼul xodimlari, filial tasarrufidagi yoʻnalish haydovchilari hamda 72-sonli yoʻnalish haydovchisi J.X bilan birgalikda tezkor tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi.

    Yigʻilishda haydovchi J.Xning sodir etgan qoidabuzarligi muhokama qilinib, korxona ichki tartib intizomini oʻta qoʻpol ravishda buzganligi uchun haydovchi J.X bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

    Shuningdek, mazkur holat boʻyicha haydovchi J.Xning sodir etgan qoidabuzarligiga huquqiy baho olish maqsadida, hujjatlar toʻplami huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan, — deyiladi xabarda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech