Toshkentda yoʻnalishdagi avtobus tutab ketdi

    Shu yilning 16-sentyabr kuni 171-sonli-“Boʻzsuv markazi – Chilonzor metrosi” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan avtobus “glushitel” dan meʼyoridan ortiq tutun chiqdi.

    Holat boʻyicha “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, ushbu holat “7-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi “Mercedes-Benz” rusumli, davlat raqami 01| 719 WCA, saroy raqami 303-boʻlgan, 171-sonli-“Boʻzsuv markazi – Chilonzor metrosi” yoʻnalishida harakatlanuvchi avtobusda sodir boʻlgan. Dastlabki maʼlumotga koʻra, avtobus Bunyodkor shoh koʻchasidan harakatlanib borayotgan vaqtda, avtobusning turbonaduv qismidagi nosozlik sababli tutun chiqarish qismi (glushitel)dan moy sizib chiqishi oqibatida tutun chiqqan.

    Avtobus haydovchisi ushbu holatni koʻrib, soat 09:40da “7-avtobus saroyi” filialining navbatchisiga axborot bergan va avtobus zudlik bilan avtobus saroyiga qaytarilgan.

    Hozirda “7-avtobus saroyi” filialining texnik mutaxassislari tomonidan avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilmoqda, — deyiladi xabarda.