Toshkentda yongʻin chiqqan uydan ikki yigit pichoqlangan holda topildi

    Voqea-hodisalar 9 Aprel 2025 677

    Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

    “Millar” dasturida xabar qilinishicha, Toshkent shahri Sergeli tumanida ikki shaxs uyiga kelgan mehmon tomonidan pichoqlangan.

    Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning 7-aprel kuni gumonlanuvchi yigit tanishining uyiga mehmonga kelgan. Oradan koʻp oʻtmay ular oʻrtasida janjal kelib chiqqan. Shundan soʻng gumonlanuvchi oshxonadagi oʻtkir tigʻli jism bilan ikki nafar yigitni pichoqlagan va jinoyatini yashirish maqsadida uyni yoqib yuborgan.

    Shifokorlarning taʼkidlashicha, yigitlar jarrohlik amaliyotini boshdan oʻtkazgan va ularning hayoti saqlab qolingan. Ulardan biri besh marotaba, yana biri esa 7 marotaba pichoqlangani aytilgan.

    Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a“ bandi (Qasddan ikki yoki undan ortiq shaxsni oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi qoʻlga olingan. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.