Bu haqda Toshkent shahar FVBB xabar berdi. 

Tekshiruvlar natijasida Mirzo Ulugʻbek, Chilonzor, Yakkasaroy, Yangihayot, Yunusobod va Yashnobod tumanlarida joylashgan 7 ta obyektda yongʻin xavfsizligi talablari qoʻpol ravishda buzilgani aniqlanib, kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ularning faoliyati vaqtincha toʻxtatildi.

Ayni paytda mazkur obyektlar tadbirkorlari tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.