Qayd etilishicha, soat 13:00 da Ahmad Donish ko'chasidagi Taxtapul ko'prigi ustida haydovchi 2002 yilda tug'ilgan S.Y. Changan avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo'l chetida to'xtab turgan Matiz bilan to'qnashuv sodir etgan. Shundan so'ng haydovchi mashina boshqaruvini yo'qotib, Cobalt’ga urilgan.
YTH oqibatida Matiz avtomashinasi yo'lovchilari: 1984 yilda tug'ilgan T.A. hamda 2002 yilda tug'ilgan A.G'. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahri IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Tergov davom etmoqda.