баннер
16 Mar 2025
10:25

    Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi

    Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

    Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, shu yilning 11-mart kuni soat 18:40da Toshkent-Vodiy A-373 avtomobil yoʻlining 91 kilometrida harakatlanib ketayotgan yuk tashuvchi transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.

    Maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oʻchirish ekipaji yongʻin joyiga soat 18:50da etib borgan va yongʻin soat 19:07da batamom oʻchirilgan.

    Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech