Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, Yashnoboddagi yongʻin oqibatida 1995-yilda tugʻilgan ayol va uning 2015 va 2018-yilda tugʻilgan ikki nafar qizi halok boʻlgan.
Holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.