Toshkentdagi Amiti universiteti talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratdi

    Ta'lim 9 Sentabr 2020 6128

    Hindistondagi nufuzli xususiy OTMlardan biri Amiti universiteti Oʻzbekistonga axborot texnologiyalari yoʻnalishini koʻzlab olib kelingan boʻlsada, hozirda universitetda biznes boshqaruvi, turizm, iqtisodiyot boʻyicha ham taʼlim beriladi. Bundan tashqari, birinchi yildanoq iqtisodiyot va axborot texnologiyalaridan magistrlik dasturlari ham yoʻlga qoʻyilgan.

    Onlayn taʼlim jarayonida Toshkent shahridagi Amiti universitetida talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Pandemiya davrida universitet onlayn platforma orqali yuqori sifatli taʼlim berish imkoniyatini yaratdi. Undan tashqari har bir talaba kompyuter laboratoriyalaridan foydalanishi uchun, onlayn kompyuter laboratoriyalarini ishga tushiryapti.

    Endi talabalar uyda mashq qilish, oʻrganish uchun shaxsiy kompyuterlariga dastur oʻrnatish shart emas.Talabalar virtual kompyuter laboratoriyasiga ega boʻlib, oʻz kurslari boʻyicha talab qilinadigan barcha dasturlardan foydalana oladilar.

    Endilikda talabalardan:

    - onlayn mashgʻulotlar paytida yuqori konfiguratsiyaga ega kompyuter, noutbuk sotib olish;

    - onlayn mashgʻulotlar davomida dasturiy taʼminot, dasturlarni sotib olish va uni oʻrnatish talab qilinmaydi.

    Maʼlumot uchun, yetti yildirki, Amiti Hindistondagi xususiy universitetlar ichida birinchi oʻrinni egallab keladi. Amiti global universitet boʻlib, dunyo boʻylab 17 ta davlatda oʻz oʻrnini topgan. Shuningdek, eng nufuzli, yaʼni AQSH, Buyuk Britaniyadagi maxsus tashkilotlardan akkreditatsiya olib, diplomlarini standartlar asosida berishni yoʻlga qoʻygan va u yerda taʼlimda sifatga jiddiy eʼtibor qaratiladi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati. .