Toshkentdagi Ark Billur Hotel mehmonxonasi musulmon sayohatchilarga mos deb tan olindi

    Turizm 24 Iyun 2020 2216

    Toshkentdagi Ark Billur Hotel mehmonxonasi CrescentRating xalqaro reyting agentligi tomonidan maksimal 7 balldan 6 ball bilan taqdirlandi.

    Uning taqdirlanishiga halol ovqatlanish imkoniyati, xonalarda namoz oʻqish, tahorat olish uchun qulayliklar, mehmonlar uchun joynamozlar, qibla koʻrsatkichlari va yaqinda joylashgan masjidlar roʻyxati singari omillar sabab boʻlgan.

    Birvarakayiga 72 nafar mijozga xizmat koʻrsatuvchi, 20 tasi lyuks, 16 tasi standart, jami 36 ta xonalarga ega boʻlgan bu mehmonxonada didi baland mijozlar uchun qator qulayliklar mavjud: yuqori tezlikdagi bepul internet, seyf, ellikdan ortiq xorijiy kanallarni koʻrsatuvchi televizor, minimuzlatkich, hamisha mehmonlar xizmatiga shay xodimlar shular jumlasidandir.

    Shuningdek, mehmonxona qabulxonasi 24/7 tartibida ishlaydi.