Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Toshkent shahrining Chilonzor, Sergeli va Yangihayot tumanlarida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi korxonalar faoliyati yuzasidan ekologik monitoring oʻtkazganini maʼlum qildi.

Monitoring davomida Chilonzor tumanida joylashgan atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifasiga mansub 70 ta korxonaga, jumladan, beton, un mahsulotlari, keramika va kafel, mato-gazlama va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarga chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish toʻgʻrisida ogohlantirish xatlari berildi.

Shuningdek, Sergeli tumanida atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifasiga mansub 68 ta korxona chang gaz tozalash uskunalari oʻrnatish toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Qolaversa, Yangihayot tumanida joylashgan atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifasiga mansub 22 ta korxonaga chang-gaz tozalash uskunalari oʻrnatish toʻgʻrisida ogohlantirish xatlari berildi.