Toshkentdagi “Aviasozlar” bozorida yirik yongʻin sodir boʻldi

    Bugun, 13-dekabr kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan “Aviasozlar” bozori hududida yirik yongʻin sodir boʻldi.

    Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

    Maʼlum qilinishicha, soat 01:30 da Beshariq koʻchasida joylashgan bozor hududidagi maʼmuriy binoda yongʻin chiqqan. Xabar kelib tushganidan soʻng, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 01:34 da voqea joyiga yetib borgan.

    Yongʻin soat 02:29 da qurshab olingan va 03:03 da toʻliq oʻchirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar toʻgʻrisida maʼlumot yoʻq.