Toshkent shahri jamoat transporti avtobuslarda naqd pulni qabul qilish amaliyotidan toʻliq voz kechilgani haqida xabar qilingan edi. Endilikda yoʻlovchilar yoʻl haqini elektron shaklda yoki bir martalik QR-chiptalar yordamida amalga oshirishmoqda.
Transport nazorati inspeksiyasi hamda Toshkent shahar jamoat transportini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida avtobuslarida kuchaytirilgan reyd tadbirlari oʻtkazildi.
Reyd tadbir davomida ayrim yoʻlovchilar toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirayotgan bir vaqtda ayrimlar yoʻl haqini hech qanday sababsiz toʻlamasdan avtobusdan tushib ketayotgani aniqlangan.
Eslatib oʻtamiz, MJtKning 144-moddasi 5-bandiga asosan, yoʻlovchining shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi BHMning oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.