Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, endilikda ATTO transport kartalarini xarid qilish, hisobini toʻldirish va tarif sotib olish xizmatlari UzPost aloqa boʻlimlarida amalga oshiriladi.
Maʼlum qilinishicha, aprel oyida jamoat transporti orqali jami 32,3 milliondan ziyod tranzaksiya amalga oshirildi.
Transport kartalari orqali jami 13,8 million tranzaksiya (shundan 5,7 millioni tarif kartalari orqali) amalga oshirilgan boʻlsa, bank kartalari orqali toʻlovlar 76,2 ofiz oʻsib 11,4 million tranzaksiyani tashkil etdi.
QR chiptalaridan metroda 6,3 million martadan ortiq foydalanilgan. Avtobuslarda QR-toʻlovlar yordamida 371 ming, metroda mobil QR yordamida jami 222 ming tranzaksiya amalga oshirilgan. Yoʻlovchilarning virtual kartalar yordamida amalga oshirgan tranzaksiyalari soni jami 142 mingtani tashkil etdi.