Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti va Navoiy davlat pedagogika instituti oʻrtasida memorandum imzolandi

    Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning  6-may kuni oʻtkazilgan chet tillarini oʻqitish tizimini takomillashtirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarish uchun Navoiy davlat pedagogika institutida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, Navoiy viloyati hokimligi va Britaniya menejment universiteti oʻrtasida ingliz tilini oʻqitish sifat va samaradorligini yana-da oshirish maqsadida tuzilgan kelishuvga asosan Navoiy davlat pedagogika instituti va Britaniya menejment universiteti oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha memorandum imzolandi.

    Mazkur hujjat doirasida taʼlim muassasalari oʻrtasida maʼlumot almashish va oʻzaro manfaatli loyihalar boʻyicha hamkorlik qilish hamda ularni amalga oshirishga kelishib olindi. Oʻzaro hamkorlik Navoiy davlat pedagogika institutiga mutaxassislarni volontyor sifatida yuborish hamda institutning chet tili oʻqituvchilarining malakasini oshirish va ularni trenerlar sifatida tayyorlash imkoniyatini beradi.