Toshkentdagi “Buyuk Turon” koʻprigi mashinalar harakati uchun 2 oyga yopildi

    Mirzo Ulugʻbek tumani Temur Malik koʻchasini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

    20-iyun soat 21:00dan boshlab, 2024-yil 1-avgust kuniga qadar Temur Malik koʻchasining Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi bilan kesishmasidagi koʻprik, “Buyuk Turon” koʻprigi avtoulovlar harakati uchun yopiladi.

    Avtoulovlar harakatida: Buyuk Ipak yoʻlidan harakatlanayotgan avtoulovlar Temur Malik yoʻli bilan aylanib oʻtib, oʻz harakatlarini davom ettirishi mumkin boʻladi. Avtoulovlarning harakatini tartibga keltirish maqsadida ushbu yoʻllar kesishmasida maxsus svetoforlar oʻrnatildi.